Cholgʼulashtirish fani talabalarga cholgʼulashtirish koʼnikmalarini oʼrgatishda muhim oʼrin tutadi. Ushbu fan - Partitura oʼqish va Dirijyorlik fanlarini yanada chuqurroq, mukammal oʼzlashtirib olish uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Fanning maqsadi - talabalarda ushbu fan yuzasidan cholgʼularning tembri, tuzilishi, sozlanishi, diapozoni, badiiy va texnik imkoniyatlari, rang-barang ijro uslublari haqida tasavvur va tushunchalarga ega boʼlishlari talab etiladi. 

Cholgʼulashtirish fanini oʼzlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - talabalar turli yoʼnalishlarda bilimlarga ega boʼlganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Cholgʼulashtirish fani boʼyicha talabalar quyidagi yoʼnalishlarda bilim va koʼnikmalarga ega boʼlganliklarini namoyish etishlari zarur: turli orkestrlar guruhlari uchun cholgʼulashtirish mashqlarini bajarish; maʼlum bir orkestr uchun tugallangan asar partiturasini yaratish; keng tarqalgan orkestrlar uchun mumtoz darajadagi kompozitorlar sara asarlari parituralari namunalarini bilish.