“Musiqiy nazariy tizimlar” fani san'at sohasida ijodiy jarayonlarning borishida, musiqa ilmi, musiqiy ijodkorlik va ijrochilikning rivoj topishida muhim o`rin tutadi. Ilmiy tadqiqotlarda, badiiy jamoalarda ijro etiladigan asarlarni asosan ta'lim muassasasida o`rgangan bilim, ko`nikmalariga asoslangan holda ijro talqini tayyorlanadi. Tinglash yoki ijro jarayonida mazkur asarlardagi kamchilik va yutuqlarni o`rganish, tahlil qilish ijodiy faoliyatning ajralmas bo`g`inidir.
Bakalavriat bosqichu uchun tuzilgan mazkur dastur – bakalavriat ta’lim yo’nalishining San'atshunoslik (musiqashunoslik) mutaxassisligi bo’yicha tahsil oladigan talabalar uchun mo’ljallangan. Dastur san’at sohasida bakalavrlar tayyorlash o’quv rejalari asosida tuzilgan va undan ishchi o’quv dasturlarini tuzishda foydalaniladi.
Musiqiy-nazariy tizimlar fani – Garmoniya, Musiqiy asarlar tahlili, Polifoniya, Musiqa tarixi, Musiqiy tarixnafislik, Musiqashunoslik asoslari kabi fanlar bilan uzviy bog`liq va ulardan olingan bilimlarni ma'lum darajada to`ldirishga xizmat qiladi, ishchi o`quv rеjasida ko`rsatilgan sеmеstrlarda o`qitiladi. Mazkur fanlardan yеtarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish talab etiladi.
- Учитель: Barno Shamshieva