Notalashtirish fanining asosiy maqsadi - talabalarga o‘zbek xalq va mumtoz musiqa namunalarini notaga olish yuzasidan chuqur bilim berish hamda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. O‘z navbatida u bevosita mutaxassislikka oid fanlarni mukammal o‘zlashtirib olishlariga muayyan yordam ko‘rsatishdir.
Fanning vazifasi - talabalar xalq yoki an’anaviy musiqa merosidan misollarni tanlab olib, tinglab, nazariy tahlil etishni, asarning janri va shakli, parda tuzilishi va usuli, uslubi va ijro vositalari aniqlashni, nashr etilgan nota yozuvlari bilan taqqoslab o‘rgatishdan iborat. Talabalar quyidagi yoʼnalishlarda bilim va koʼnikmalarga ega boʼlganliklarini namoyish etishlari zarur:
- musiqiy asarning vazn-o‘lchovini, usulini, parda tuzilishini, shaklini, o‘ziga xoslik va murakkabliklarini to‘g‘ri aniqlay bilish;
- nota matnini tayyorlash jarayonida cholg‘u ijrochiligi va honandalik ijro yo‘li xususiyatlarini mumkin qadar aks ettira olish;
- notaga ko‘chirilgan asarlarni ijro eta bilish.
- Учитель: Nodirbek MAKHAROV